Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🇺🇿Kengashning oylik ish rejasiga asosan Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Mahalliy Kengaş deputati faoliyatinin 24 ta muhim yōnalişi ijroda: Uzun tumaninda amaliy muloqot ōtkazildi
янв.21
Aholi murojaatlari — e’tibor markazida
янв.21
Deputatlar D.Safarova va B.Toşboyev Uzun tumanida yangi 34-DMTTni tantanali ravişda oçib berişdi
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
Aholiga sifatli va arzon mahsulotlar yetkazilishi deputat e’tiborida
янв.21
🔵Deputat U.Aliqulov "Xursand" MFYdagi profilaktika inspektori faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 23-Fayziobod saylov okrugidan saylangan deputat U. Aliqulov o'z saylov okrugidagi "Xursand" MFY hududida joylashgan savdo do'konlarida bo'lib, oziq-ovqat va kundalik iste'mol mollari narxlari hamda ularning sifati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Har bir fuqaro bilan yuzma-yuz muloqot: Murojaatlar tinglandi!
янв.21
Muammolarga yechim — hamkorlikda
“Surxon sohili” mahallasida tadbirkorlik orqali oilaning daromad manbai yaratildi

Kredit — imkoniyat, tadbirkorlik esa barqaror daromad manbai. Termiz shahrida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va mahallalarning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish borasidagi ishlar deputatlik nazorati doirasida o‘rganilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov hamda Kengashning 17-“Surxon sohili” saylov okrugi deputati B.Rahmatullayev tomonidan “Surxon sohili” mahallasida amalga oshirildi.
Jarayon davomida mahalla hokim yordamchisining aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va oilalar daromadini oshirish borasidagi faoliyati tahlil qilindi. Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mahallada ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, mavjud imkoniyatlar va aholini tadbirkorlikka jalb etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish davomida amaliy natijalardan biriga ham guvoh bo‘lindi. Jumladan, ajratilgan kredit mablag‘lari hisobidan mahallada temirchilik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Natijada oila uchun o‘z mehnati orqali daromad topish imkonini beruvchi tadbirkorlik manbai yaratilgan.

Bu kabi tashabbuslar fuqarolarning iqtisodiy faolligini oshirish, oilalarning o‘z daromadiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish va kambag‘allikni qisqartirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-6-V-son qarori doirasida belgilangan kambag‘allikni qisqartirish, aholini daromadli mehnatga jalb etish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish vazifalari bilan hamohangdir.

O‘rganish yakunida deputatlar hokim yordamchisiga tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalar uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdilar.

Maqsad — har bir mahallada yangi imkoniyatlar yaratish, har bir oilaning daromadini oshirish va aholi farovonligini ta’minlashga amaliy hissa qo‘shish.

Slide 1 of 3