Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🇺🇿Kengashning oylik ish rejasiga asosan Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Mahalliy Kengaş deputati faoliyatinin 24 ta muhim yōnalişi ijroda: Uzun tumaninda amaliy muloqot ōtkazildi
янв.21
Aholi murojaatlari — e’tibor markazida
янв.21
Deputatlar D.Safarova va B.Toşboyev Uzun tumanida yangi 34-DMTTni tantanali ravişda oçib berişdi
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
Aholiga sifatli va arzon mahsulotlar yetkazilishi deputat e’tiborida
янв.21
🔵Deputat U.Aliqulov "Xursand" MFYdagi profilaktika inspektori faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 23-Fayziobod saylov okrugidan saylangan deputat U. Aliqulov o'z saylov okrugidagi "Xursand" MFY hududida joylashgan savdo do'konlarida bo'lib, oziq-ovqat va kundalik iste'mol mollari narxlari hamda ularning sifati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Har bir fuqaro bilan yuzma-yuz muloqot: Murojaatlar tinglandi!
янв.21
Muammolarga yechim — hamkorlikda
“Jo‘yjangal” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Kengashning 21-“Jo‘yjangal” saylov okrugi deputati G.Xudoyqulova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov ishtirokida mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.
Mazkur nazorat-tahlil tadbiri mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish”ning 5-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi O‘RQ–1159-sonli “Ijtimoiy ish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi doirasida tashkil etildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar va oilalarning ehtiyojlarini aniqlash, ularni tegishli ijtimoiy xizmatlarga yo‘naltirish, mavjud muammolarni hamkorlikda hal etish hamda ko‘rsatilayotgan yordamning manzilliligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tahlillar davomida “ Jo‘yjangal ” mahallasiga oid quyidagi ko‘rsatkichlar ma’lum qilindi:

73 ta oila reyestrda mavjud;

6 ta oila kambag‘allik chegarasida;

28 ta oila kambag‘al oilalar toifasiga kiritilgan;

39 ta oila davlat ta’minotida.

Ushbu ko‘rsatkichlar ijtimoiy himoya choralarini manzilli tashkil etish, oilalarning mavjud ehtiyojlarini chuqur o‘rganish va ularning turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish zarurligini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, ijtimoiy xizmatlardan foydalanayotgan fuqarolar bilan ishlash samaradorligi, murojaatlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan ko‘makning natijadorligi ham tahlil qilindi.

Nazorat-tahlil yakunlari bo‘yicha ijtimoiy xodim faoliyatini takomillashtirish, har bir oilaning holatidan kelib chiqib individual yondashuvni kuchaytirish, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazorati — aholi muammolarini aniqlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va qonunlar ijrosini joylarda ta’minlashga xizmat qiladi.