Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 17-“Adolat” saylov okrugi deputati D.Mansurxonov nomidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan Adolat mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi chora-tadbirlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholining daromad manbalarini kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash, kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual dasturlar asosida ishlash va har bir xonadonning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!