Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Aholini tibbiy qo‘llab-quvvatlash: Poliklinikada bepul dorilar tarqatilishi nazorat qilindi
янв.21
Murojaat va o‘rganish: Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning ovqatlanish ratsioni nazorat qilindi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: Yangi yo'l MFYda tomorqadan unumli foydalanish amalda!
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi tomonidan qonunlar ijrosi nazorat qilinmoqda
янв.21
Navbatdagi sessiyaga kiritilgan masala dastlabki bosqichda atroflicha o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va Yoshlar maslahat guruhi "mahalla yettiligi" faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Uzun tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
MADAD” BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati va hudud xavfsizligi deputat e’borida
янв.21
«Chaqar» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
🔰“Eronshoh” mahallasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

🔰“Eronshoh” mahallasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

🔹“Eronshoh” mahallasida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, aholini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash hamda mavjud infratuzilmaning mavsumga tayyorgarlik holatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida mahallada quyosh panellarining o‘rnatilishi, mavjud transformatorlarni ta’mirlash va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida quyosh panellaridan samarali foydalanish, elektr ta’minotidagi uzilishlarning oldini olish, transformatorlarning texnik holatini yaxshilash hamda mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga oldindan yechim topish masalalariga e’tibor qaratildi.
🔹Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ta’mirlash ishlarini sifatli yakunlash va aholi uchun barqaror elektr ta’minotini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🔹Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik — aholi farovonligi va barqaror turmush sharoitining muhim omilidir.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 4