Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasi
янв.21
Kengash ish rejasiga asosan: 24-MTT oshxonasidagi shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi
янв.21
Kengash ish rejasiga asosan: Deputatlar 24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lishdi
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi: Uzun tumanida ehtiyojmand oilalar farzandlariga o'quv qurollari topshirildi
янв.21
DEPUTATLAR VA TASHKILOT RAHBARLARI OBODONLASHTIRISH ISHLARIDA FIDOYILIK KO‘RSATISHMOQDA
янв.21
Deputat va soliq inspektori diqqat markazida: A.Bakiyev Bahoriston MFYdagi murojaatlarni joyida o‘rgandi
янв.21
Kengashning haftalik ish rejasiga asosan: Uzun tumanida "Mahalla yettiligi" faoliyati va yoshlar bandligi o'rganildi
янв.21
Kengashning haftalik ish rejasiga asosan: Uzun tumanida "Mahalla yettiligi" faoliyati o'rganildi
янв.21
"Yoshlik" MFYda aholining sport bilan shug'ullanishi uchun barpo qilingan yangi sport o'yingohi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 3-Yangi ro‘zg‘or saylov okrugiga qarashli Yangi ro‘zg‘or mahallasida tuman kengashi deputatlari tomonidan navbatdagi o‘rganishlar olib borildi.
YILLAR DAVOMIDA KUTILGAN TA’MIR: 492-SONLI DMTTDA KENG KO‘LAMLI ISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA

#Komissiya_nazorati #haftalik_ish_reja_doirasida #Open_byudjet #ekspert_guruhlari

YILLAR DAVOMIDA KUTILGAN TA’MIR - 492-SONLI DMTTDA KENG KO‘LAMLI ISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA

🕯 2026-yil “Tashabbusli byudjet” jarayonining I mavsumida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati tashabbusi bilan qo‘shimcha g‘olib deb e’lon qilingan loyiha asosida 492-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

↗️ Mazkur loyiha uchun 1 mlrd. 600 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, ushbu mablag‘ hisobidan yillar davomida ta’mirga ehtiyoj sezib kelgan binoni yangilash, uning muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini yaxshilash hamda tarbiyalanuvchilar uchun munosib sharoit yaratish ko‘zda tutilgan.

📆 1984-yilda bunyod etilgan 492-sonli DMTT binosida shu davrga qadar deyarli kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilmagan. Shu bois mazkur loyiha doirasida binoning asosiy qismlarini ta’mirlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Loyiha doirasida quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:
✍️ binoning issiqlik tizimini ta’mirlash;
✍️ DMTTning tashqi va ichki sovuq suv hamda oqova suv kommunikatsiya quvur tarmoqlarini ta’mirlash;
✍️ eshik va deraza romlarini yangilash, podokonnoklar o‘rnatish hamda eshik va deraza romlari o‘rnatilgandan so‘ng atkos qismlarini ta’mirlash;
✍️ binoning fasad qismini, jumladan, sokol qismlarini to‘liq ta’mirlash.

🇺🇿 Mazkur ishlarning amaldagi holatini o‘rganish maqsadida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi Ismanov Jafar Xodjimuratovich boshchiligida ishchi guruh tomonidan obyektga chiqilib, loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilgan ishlarning amalda bajarilishi, ularning sifati va belgilangan talablarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

📝 O‘rganish jarayonida ta’mirlash ishlarining sifati, bajarilgan ishlarning loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishiga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, ta’mirlash ishlarini sifatli yakunlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

💼 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi Ismanov Jafar Xodjimuratovich, Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, Zarnigor Kuziyeva hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolari ishtirok etdi.

📈 Mazkur loyiha natijasida 40 yildan ortiq vaqt avval bunyod etilgan ta’lim maskanining moddiy-texnik holatini yaxshilash, tarbiyalanuvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish hamda ta’lim muassasasining infratuzilmasini yangilash ko‘zda tutilmoqda.

Slide 1 of 9