Uchrashuvda bo‘lim rahbari bilan hamkorlikda sohada amalga oshirilayotgan ishlar, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlashga oid qarorlar ijrosi atroflicha o‘rganildi.
Uchrashuvda asosiy e’tibor qaratilgan masalalar:
· Oila va xotin-qizlar sohasida qabul qilingan qonun hujjatlari hamda tuman Kengashi qarorlarining joylardagi ijro etilish holati;
· Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy-huquqiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini yanada takomillashtirish.