⚡️ DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
❇️ Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati J.Mamadaliyev tomonidan “Bo‘ston” MFY hududida joylashgan 9-umumtalim maktabida o‘quvchi yoshlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida 9-umumtalim maktabining qo‘shimcha binosidagi mehnat va chizmachilik xonalarining pol qismi yaroqsiz holdaligi aniqlandi.
📌 O‘quvchi yoshlarning bilim olishi uchun yaxshi sharoit yaratish maqsadida, shuningdek, 9-umumtalim maktabining qo‘shimcha binosidagi mehnat va chizmachilik xonalarining pol qismini ta’mirlash yuzasidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo׃limi mudiri v.v.b R.Bobomurodovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
📝 So‘rovda 9-umumtalim maktabining qo‘shimcha binosidagi mehnat va chizmachilik xonalarining pol qismini ta’mirlash o‘rganib, tegishli amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.