#24_ta_masala
#162_qonun
6-BAND IJROSI YUZASIDAN: BAHORISTON MFYDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
🤩 Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati Jumayev Sirojiddin Nurqobilovich tomonidan Bahoriston MFY xotin-qizlar faoli bilan uchrashuv o‘tkazildi.
✅ Uchrashuv davomida xotin-qizlar faolining o‘z vakolati doirasidagi vazifalari, mahallada xotin-qizlar bilan ishlash holati, ularning murojaatlarini o‘rganish hamda muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari bilan tanishildi.
✅ Shuningdek, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy muammolarini aniqlash va ehtiyojmand ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.
✅ Amaldagi qonunchilikda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda muammolarini manzilli hal etishga alohida e’tibor qaratilgan.