Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Haftalik dayjest
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda tuman Kengashining doimiy komissiya raislari tuman kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
🔵 DEPUTAT YOKI SENATOR QONUNCHILIKNI BUZGANLIK HOLATIGA OID MATERIALLAR QANDAY KO‘RIB CHIQILADI?
янв.21
KENGASH_VA_KOTIBIYATNING #HAFTALIK_ISH_REJALARI_BELGILAB_OLINDI
янв.21
Deputatlar faoliyati keng jamoatchilikka yetkazilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasi
янв.21
"Ochiq budjet" loyihasi doirasidagi qurilish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Mastura Mamurjonova 3-sonli MTTda o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
«Ittifoq» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
#162_ta_Qonun_ijrosi
IJTIMOIY SOHA OBYEKTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati, 19-Chashma saylov okrugidan saylangan Xojiboyev Jalol Xotamboyevich tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi “Xurriyat” mahalla fuqarolari yig’ini hududida joylashgan 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi o‘quv yilida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasining isitish tizimi, isitish
uskunalari va qozonxonalarining texnik holati, issiqlik uzatish tarmoqlarining sozligi, shuningdek, o‘quvchilar uchun xavfsiz va munosib sharoitlar yaratilganligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari reja asosida olib borilayotgani aniqlandi. Maktab qozonxonalari foydalanishga tayyor holatga keltirilgan bo‘lib, yong’in xavfsizligi vositalari va zarur anjomlar bilan ta’minlanganligi ko‘zdan kechirildi.O‘rganish yakunida maktabning yangi o‘quv yiliga hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash hamda o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
  

Slide 1 of 4