Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Aholini tibbiy qo‘llab-quvvatlash: Poliklinikada bepul dorilar tarqatilishi nazorat qilindi
янв.21
Murojaat va o‘rganish: Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning ovqatlanish ratsioni nazorat qilindi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: Yangi yo'l MFYda tomorqadan unumli foydalanish amalda!
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi tomonidan qonunlar ijrosi nazorat qilinmoqda
янв.21
Navbatdagi sessiyaga kiritilgan masala dastlabki bosqichda atroflicha o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va Yoshlar maslahat guruhi "mahalla yettiligi" faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Uzun tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
MADAD” BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati va hudud xavfsizligi deputat e’borida
янв.21
«Chaqar» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
Fuqarolar murojaatlari:Hamkorlikda o'rganishlar

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashi deputati, tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Raxmonov tomonidan Oqtosh ota, Fayzobod va Qorayantoq mahallalarida fuqarolar murojaatlari asosida aniqlangan mahallalarning kirish qismiga svetofor o‘rnatish masalasi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Mazkur o‘rganishlar tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari, viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi vakillari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
O‘rganish davomida mazkur yo‘l qismlarida mavjud yo‘l harakati holati, transport vositalari va piyodalar oqimi, mahallalarga kirib-chiqishda yuzaga kelayotgan noqulayliklar hamda svetofor o‘rnatilishini taqozo etayotgan omillar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mahalla aholisi bilan muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning mazkur masala yuzasidan fikr va takliflari tinglandi. Svetofor o‘rnatilishi natijasida piyodalar, ayniqsa, bolalar, keksalar va boshqa fuqarolarning yo‘lni xavfsiz kesib o‘tishi uchun yaratilishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitlar muhokama qilindi.
Shu bilan birga, masalani hal etishda yo‘l harakati xavfsizligiga oid qonunchilik talablari, yo‘lning texnik holati va mavjud infratuzilma, transport vositalari harakati hamda piyodalar oqimi kabi muhim omillarni inobatga olish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganishlar jarayonida mutassadilar tomonidan svetofor o‘rnatishning maqsadga muvofiqligi nafaqat fuqarolarning istak va takliflari, balki yo‘l harakati xavfsizligi talablari va tegishli mutaxassislarning xulosalari asosida baholanishi lozimligi ta’kidlandi.
Masala yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish va tahlillar o‘tkazish, yo‘l harakatining mavjud ko‘rsatkichlarini yanada chuqur tahlil qilish hamda mutaxassislarning tegishli xulosalarini olish zarurligi bildirildi. Shundan so‘ng masalani qonunchilik talablari asosida hal etish bo‘yicha yakuniy qarorga kelinishi belgilandi.

Fuqarolar tomonidan bildirilayotgan taklif va murojaatlarni joyida o‘rganish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechim izlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 2