Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Haftalik dayjest
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda tuman Kengashining doimiy komissiya raislari tuman kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
🔵 DEPUTAT YOKI SENATOR QONUNCHILIKNI BUZGANLIK HOLATIGA OID MATERIALLAR QANDAY KO‘RIB CHIQILADI?
янв.21
KENGASH_VA_KOTIBIYATNING #HAFTALIK_ISH_REJALARI_BELGILAB_OLINDI
янв.21
Deputatlar faoliyati keng jamoatchilikka yetkazilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasi
янв.21
"Ochiq budjet" loyihasi doirasidagi qurilish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Mastura Mamurjonova 3-sonli MTTda o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
«Ittifoq» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
#162_ta_Qonun_ijrosi
“Og‘ir mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Kulbayev tomonidan tumanda “og‘ir mahalla” deb e’tirof etilgan “Sari-Qangli” mahallasida aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, infratuzilmani yaxshilash va hududni obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning borishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mahallani kompleks rivojlantirish maqsadida 5,5 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi belgilangan. Ushbu mablag‘lar hisobidan mahalla hududidagi mavjud infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan qator loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Jumladan, 3,2 km uzunlikdagi ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, 3 km piyodalar yo‘laklarini qurish, 200 dona tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, shuningdek, 1 km ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash rejalashtirilgan. Bundan tashqari, mahalla hududida 300 kVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasini qurish hamda hududni obodonlashtirish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirish belgilangan.

🔺Deputat tomonidan o‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, xususan, aholi uchun qulay va xavfsiz piyoda harakatlanish imkoniyatini yaratishga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Ayni vaqtda mahallada 3 km uzunlikdagi piyodalar yo‘laklarini qurish ishlari amalga oshirilgan. Ushbu yo‘laklarning barpo etilishi aholi, ayniqsa, piyodalarning xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash, hudud infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qilishi qayd etildi.

🔺Shuningdek, ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, quyosh fotoelektr stansiyasini barpo etish va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash muhimligi qayd etildi.

Slide 1 of 4