🏛 Oltinsoy tuman Adliya bo‘limida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 11-“Guliston” saylov okrugi deputati Mamatmuratov Azamat Karamatovich hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi A.Esanov ishtirokida fuqarolar va маsul xodimlar bilan muloqot o‘tkazildi.
🔍 Uchrashuvning asosiy maqsadi va muhokama etilgan masalalar:
📜 Qonun targ‘iboti: O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi O‘RQ-937-son “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyati atroflicha tushuntirildi.
🗣 Fuqarolar murojaatlari va huquqiy maslahat: Tadbir davomida fuqarolarni qiynayotgan yer va bino-inshootlarga egalik huquqini e’tirof etish bo‘yicha berilgan savollarga mutaxassislar va deputat tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
🏛 Ijro va nazorat: Qonun ijrosini adolatli, shaffof va belgilangan tartibda amalga oshirish hamda aholi o‘rtasida ushbu tartib-taomillarni keng targ‘ib qilish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz