#haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#162_qonun
#biriktirilgan_tashkilot
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
“Obod turmush” mahallasida deputatlik nazorati
Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish, "mahalla yettiligi" faoliyatiga amaliy ko‘maklashish hamda aholi muammolarini joyida o‘rganish — xalq vakillarining doimiy diqqat-markazida!
Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 4-"Obod turmush" saylov okrugi deputati O.Ishpo'latovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov Obod turmush mahallasiga tashrif buyurib, mahalla raisi va "mahalla yettiligi" vakillari bilan uchrashdi.
Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-116-sonli Farmoni hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.
Mas’ullar tomonidan mahalla raisi ishtirokida quyidagi muhim masalalar atroflicha tahlil qilindi:
"Mahalla yettiligi" hamkorligi: Mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va boshqa mas’ullarning o‘zaro muvofiqlashgan harakati;
Aholi murojaatlari bilan ishlash: Fuqarolarni qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va kommunal muammolarni "xonadonbay" o‘rganish;
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash: "Ijtimoiy daftarlar"ga kiritilgan xonadonlar, ehtiyojmand oilalar, xotin-qizlar va yoshlarga manzilli ko‘mak ko‘rsatish ahvoli.
O‘rganishlar yakunida mas’ullar faollariga Prezidentning PF-116-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, aholi murojaatlarini tezkor hal etish yuzasidan tegishli deputatlik tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Mahalla farovonligi va aholi roziligi — deputatlik nazoratida!