Bugun yurtimizdagi umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Uchqun Yelmuratov 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
📚 BIRINCHI SINF O‘QUVCHILARIGA “PREZIDENT SOVG‘ASI” TOPSHIRILDI
Tadbir davomida maktabning birinchi sinfiga qadam qo‘ygan jajji o‘quvchilar yangi o‘quv yili bilan tabriklandi. Ularga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” tantanali ravishda topshirildi.
Yangi bilimlar olamiga ilk qadamini qo‘yayotgan o‘quvchilarga o‘qishlarida omad, yuksak marralar va yorqin kelajak tilaymiz!