Andijon pedagogika texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik darslari” tashkil etildi.
Tadbirda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dilafruz Qurbonova ishtirok etdi.
Darslar davomida o‘quvchilarga Vatanimizning mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti, erishilgan yutuqlar, milliy qadriyatlar, Yangi O‘zbekistonning bunyod etilishi, tinchlik va farovon hayotning qadr-qimmati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Interaktiv suhbatlar, savol-javoblar va fikr almashuvlar orqali yoshlarning Vatanga muhabbati, milliy g‘ururi va fuqarolik mas’uliyati yanada mustahkamlandi.
Yagona Vatan bo‘lib, yagona xalq bo‘lib yangi hayot va kelajak yaratamiz!