35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligiga bag'ishlanadi: "Oila poliklinikalari" tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o'rni
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM — KELAJAK POYDEVORI: UZUN TUMANIDA O‘ZGARISHLAR VA ISTIQBOLLAR
янв.21
Iste’mol krediti – fuqarolarning moliyaviy manfaatlarini himoya qiluvchi muhim huquqiy mexanizm
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi Chaqаr mahallasida ko‘chaboshilar bilan birgalikda aholi bilan muloqot qilib, ularning murojaat va muammolarini tingladi.
янв.21
Kengash raisi dasturlar ijrosini o‘rgandi
янв.21
Kengash raisi Chaqаr mahallasidagi xotin-qizlar faoli faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Kengash raisi Chaqаr mahallasidagi “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi
янв.21
SESSIYAGA KIRITILADIGAN MASALALAR DASTLAB KENGASH RAISI RAHBARLIGIDA DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
BYUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
ISH REJA VA SESSIYA QARORI IJROSI O‘RGANILDI
Maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishi, bog‘chalar qurilishi va davlat-xususiy sheriklik

 Maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishi, bog‘chalar qurilishi va davlat-xususiy sheriklik 

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini
tubdan rivojlantirish, bolalarni bog‘chalarga qamrab olish darajasini oshirish va
sohada davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan
biriga aylandi. Bu boradagi tizimli islohotlarning amaliy natijalarini Beruniy tumani
misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin.
 

Agar istiqbolli raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak,
Beruniy tumanida 2016-yilda maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni bor-yo‘g‘i 34
tani tashkil qilgan edi. Tizimga qaratilgan yuksak e’tibor va soha xodimlarining
fidokorona mehnatlari samarasi o‘laroq, 2026 yilning iyun oyiga kelib tumandagi
bog‘chalar soni 58 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich nafaqat muassasalar sonining ortganini,
balki qanchadan-qancha bolajonlarning sifatli ta’lim va tarbiya olish imkoniyatiga
ega bo‘lganini anglatadi.
 

Davlat dasturlari va xalqaro hamkorlik samarasi 

Bog‘chalar tarmog‘ini kengaytirishda davlat investitsiya
dasturlari hamda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik loyihalari muhim lokomotiv
vazifasini bajarmoqda. Xususan:
 

· 2024
yilda “Investitsiya” Davlat dasturi doirasida “Birlik” MFY hududidagi
50-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun 90 o‘rinli yangi zamonaviy bino qurilish
ishlari muvaffaqiyatli olib borildi.
 

· 2025
yilda “Investitsiya” Davlat dasturi doirasida “Bunyodkor” MFY hududidagi 14-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun
90 o‘rinli yangi zamonaviy bino qurilish ishlari muvaffaqiyatli olib borildi.
 

· 2025
yilda sohaga xorijiy investitsiyalarni
jalb qilish ko‘lami yanada kengaydi. “Islom taraqqiyot banki” jamg‘armasi ko‘magida
Abay OFY hududida 90 o‘rinli yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti qad rostladi.
 

· Shuningdek,
Do‘stlik OFY va Shimom OFY hududlarida ham 90 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotlarining
qurilish ishlari to‘liq yakunlandi.
 

· Shimom OFYning Ko‘k-ko‘z aholi manzili hududida
90 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti yangidan ishga tushirilib, mahalliy aholining
uzoq yillik orzulari ushaldi.
 

Rekonstruksiya va quvvatlarni kengaytirish bosqichi 

Bolalarni bog‘chalarga qamrash ko‘lamini oshirish maqsadida
faqatgina yangi bog‘chalar qurish bilan cheklanilmasdan, mavjud binolarni modernizatsiya
qilish va qo‘shimcha quvvatlar yaratishga ham alohida urg‘u berilmoqda.
 

Xususan, 2026 yilda mazkur yo‘nalishda keng ko‘lamli
ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
 

· Shimom
OFY hududida joylashgan 54-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi,
 

· 34-sonli
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi,
 

· “Jayxun”
MFY hududidagi 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binolari tizimli ravishda
rekonstruksiya qilinmoqda.
 

Ushbu uchta muassasaning har birida rekonstruksiya ishlari
orqali 90 o‘rinli qo‘shimcha yangi binolar qurildi. Bu esa mazkur mahallalardagi
navbatda turgan yuzlab bolajonlarning qisqa fursatlarda bog‘chalarga joylashishiga
xizmat qildi.
 

Xulosa o‘rnida 

Xususiy sektor va davlat-xususiy sheriklik (DXSh) tamoyillari
asosida tashkil etilayotgan va kengayayotgan MTTlar zamon talablariga to‘liq javob
beradigan shinam xonalar, o‘yin maydonchalari va malakali pedagog kadrlar bilan
ta’minlanmoqda. Beruniy tumanida olib borilayotgan bu kabi tizimli ishlar soha rivojini
yangi bosqichga olib chiqish bilan birga, yurtimiz ertasi bo‘lgan barkamol avlodni
tarbiyalash yo‘lidagi eng to‘g‘ri va mustahkam poydevordir.

Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati Tajimova Muhabbat Abdukadirovna