Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari T.Gulmatov va S. Amanov tomonidan og‘ir toifaga kiritilgan “Yangishahar” mahallasida aholi uchun qulay infratuzilma obyektlarini barpo etish ishlarining borishini o‘rgandi.
Loyiha doirasida:
1 kilometr piyodalar yo‘lakchasi qurish;
3.5 kilometr ichki yo‘llarni asfaltlash;
elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida 1 dona transformator va 41 dona beton ustun o‘rnatish;
2.1 kilometr yopiq elektr kabel tarmog‘ini tortish rejalashtirilgan.
Ayni paytda tasdiqlangan reja asosida 1 dona transformator va 41 dona beton ustun o‘rnatilib, 2.1 kilometr yopiq elektr kabel tarmog‘i tortilgan. Mahallaning ichki ko‘chalariga 2 kilometr asfalt yotqizilgan. 1 kilometr piyodalar yo‘lakchasi barpo etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Amalga oshirilayotgan mazkur loyihalar, avvalo, aholining kundalik turmush sharoitini yaxshilash, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va hududni zamonaviy qiyofaga keltirishga qaratilgan.