❗️Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati O.Buzurukxodjayeva Donishmand mahallasida mahalla raisi, xotin-qizlar faoli hamda yoshlar yetakchisi bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.
✅Uchrashuv davomida mahalladagi ijtimoiy muhit, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash holati muhokama qilindi.
🔰 Shuningdek, mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan hamkorlikda ishlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
✅Deputat tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida kelgusida amaliy chora-tadbirlarni izchil davom ettirish belgilandi.