❗️Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputatlari Tuxfaxon Axmedova va Alisher Kerimovning saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi Yashnobod tumanidagi Jo‘rabek mahallasida bo‘lib o‘tdi.
✅Uchrashuvda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti raisi Sevara Fayziyeva, partiyaning Yashnobod tuman Kengashi raisi Dildora Mavlyanova, Toshkent shahar Kengashi deputati Mirzag'olib Tillashayxov hamda mahalla faollari nuroniylar va fuqarolar ishtirok etdi.
📌Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda fuqarolar tomonidan hududdagi dolzarb muammolar va takliflar bildirildi. Xususan,kommunal masalalari, ichki yo‘llar yo‘llar hamda obodonlashtirish masalalari muhokama qilindi.
🔰Deputatlar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar nazoratga olinishi, ular yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi hamda zarur masalalar deputatlik nazoratida olib borilishi ta’kidlandi