35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Iste’mol krediti – fuqarolarning moliyaviy manfaatlarini himoya qiluvchi muhim huquqiy mexanizm
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi Chaqаr mahallasida ko‘chaboshilar bilan birgalikda aholi bilan muloqot qilib, ularning murojaat va muammolarini tingladi.
янв.21
Kengash raisi dasturlar ijrosini o‘rgandi
янв.21
Kengash raisi Chaqаr mahallasidagi xotin-qizlar faoli faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Kengash raisi Chaqаr mahallasidagi “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi
янв.21
SESSIYAGA KIRITILADIGAN MASALALAR DASTLAB KENGASH RAISI RAHBARLIGIDA DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
BYUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
ISH REJA VA SESSIYA QARORI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
“MADAD” BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA
янв.21
OILA MUSTAHKAMLIGI – JAMIYAT BARQARORLIGINING ASOSI
DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-“Istiqbol” saylov okrugidan saylangan deputat Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan deputatlik nazorati doirasida Parkent tumani Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi.Nazorat tadbiri davomida deputat markazda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayoni, yaratilgan sharoitlar hamda xizmatlar sifati bilan tanishdi. Mas’ul xodimlar tomonidan davlat xizmatlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, fuqarolar uchun yaratilayotgan qulayliklar va raqamlashtirish yo‘nalishidagi yangiliklar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.Shuningdek, markazda 5 nafar xodim tomonidan aholiga raqamlashtirilgan tizim asosida xizmat ko‘rsatib kelinayotgani, my.gov.uz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 800 dan ortiq davlat xizmatlari onlayn shaklda taqdim etilishi, Davlat xizmatlari markazining o‘zida esa 550 turdagi xizmatlar ko‘rsatilishi qayd etildi. Olis hududlarda yashovchi fuqarolar uchun qulaylik yaratish maqsadida mahallalarda infokioskalar tashkil etilayotgani, bugungi kunda Parkent tumanining “Bo‘ston” mahallasida infokiosk faoliyat yuritayotgani ma’lum qilindi.Suhbat davomida tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayoni “15 daqiqada” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yilgani, bu esa tadbirkorlar uchun ortiqcha vaqt va xarajatlarni kamaytirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, 2026-yildan boshlab haydovchilik guvohnomasini olish hamda intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmatlari ham Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilayotgani haqida axborot berildi.Bundan tashqari, markazda fuqarolarning qulayligi uchun kutish zallari, ona va bola xonalari tashkil etilgani hamda ular zamonaviy talablarga mos jihozlangani qayd etildi.Deputat tomonidan davlat xizmatlarini aholiga yanada yaqinlashtirish va ularning ommabopligini oshirish yuzasidan takliflar bildirildi. Xususan, olis va chekka hududlarda sayyor davlat xizmatlarini kengaytirish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida my.gov.uz portali imkoniyatlarini targ‘ib etishni kuchaytirish hamda bu jarayonda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 3