Huquqiy madaniyat oyligi doirasida Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati X.Xazratqulov tomonidan Zomin milliy tabiat bog‘ida huquqiy madaniyatni oshirish, ekologik qonunchilikka rioya etish va korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda bog‘ xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda ekologik talablar, xizmat faoliyatida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.