Kengashi raisi, Kotibiyat mudiri va Xalqparvar komissiyasi a’zolari "Fayzova" MFYda o‘rganish olib bordilar
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi, deputat D.Safarova, tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Rajabov hamda tuman Kengashi huzuridagi Xalqparvar komissiyasi a'zolari Kengash sessiyasi qarorlari ijrosi va ijtimoiy ko‘mak manzilliligi bo‘yicha "Fayzova" MFYda navbatdagi o‘rganishni o‘tkazdilar.
O‘rganishlar davomida sessiya qarorlari ijrosi doirasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning yashash sharoitlarini yaxshilash borasida mahallada amalga oshirilgan amaliy ishlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.