Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati D. Tolipova o‘z saylov okrugidagi “Iqbol” MFYda bo‘lib, fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahallada yashovchi Muhammedova Muhabbathon xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning ijtimoiy holati va murojaati joyida ko‘rib chiqildi. Murojaat yuzasidan fuqaroning farzandi Muhammedov G‘ayratjonni aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan “Muruvvat” uyiga joylashtirish masalasini ko‘rib chiqish maqsadida Inson ijtimoiy xizmatlar markaziga belgilandi.
Fuqarolarning murojaatlarini joyida o‘rganish va ularni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.