35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Iste’mol krediti – fuqarolarning moliyaviy manfaatlarini himoya qiluvchi muhim huquqiy mexanizm
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi Chaqаr mahallasida ko‘chaboshilar bilan birgalikda aholi bilan muloqot qilib, ularning murojaat va muammolarini tingladi.
янв.21
Kengash raisi dasturlar ijrosini o‘rgandi
янв.21
Kengash raisi Chaqаr mahallasidagi xotin-qizlar faoli faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Kengash raisi Chaqаr mahallasidagi “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi
янв.21
SESSIYAGA KIRITILADIGAN MASALALAR DASTLAB KENGASH RAISI RAHBARLIGIDA DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
BYUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
ISH REJA VA SESSIYA QARORI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
“MADAD” BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA
янв.21
OILA MUSTAHKAMLIGI – JAMIYAT BARQARORLIGINING ASOSI
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat

Aziz vatandoshlar!
Yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi hamda mahalla tizimini yanada takomillashtirish yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar yangi bosqichga koʻtarilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2026-yil 16-iyul kuni hududlarni kompleks rivojlantirish va mahalla kesimida ishlash tizimining samaradorligini yanada oshirishga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida mahalla institutining faoliyatini takomillashtirish, aholi farovonligini taʼminlash, shuningdek, yurtimizda obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish boʻyicha muhim vazifalar belgilab berildi.
Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, joriy yilda mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi "Bir Vatan, bir xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz" degan ulugʻ gʻoya asosida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan mamlakatimizda "Mahallada obodlik va mehr-shafqat oyligi" eʼlon qilindi.
Bu tashabbus har birimiz uchun katta masʼuliyat va sharafli vazifadir.
Hurmatli vatandoshlar!
Mahalla – xalqimizning qadriyatlari, hamjihatlik va totuvlik timsolidir. Mahallaning obodligi har bir xonadon egasining fidoyiligi, mehnatsevarligi va Vatanga boʻlgan muhabbati bilan chambarchas bogʻliq.
Xalqimiz azaldan poklik va ozodalikka eng yuksak fazilatlardan biri sifatida qaragan. Bejizga ota-bobolarimiz: "Tozalik bor joyda baraka boʻladi", "Obod elga toʻy yarashadi", deb aytmagan. Bu hikmatli soʻzlar bugun ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan.
Bugun barchamizdan oʻz uyimizga, oʻz koʻchamizga va oʻz hududimizga egalik hissi bilan qarash talab etiladi. Har bir ekilgan daraxt, har bir gul, har bir koʻcha va har bir xonadonning ozodaligi – yurtimizga boʻlgan hurmatimizning amaliy ifodasidir.
Shu munosabat bilan barcha vatandoshlarimizni mahallalarimizda olib borilayotgan obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va tozalik ishlarida faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Ayniqsa, mahalla raislari, koʻcha faollari, yoshi ulugʻ nuroniylar, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda barcha faol fuqarolardan aholini hamjihatlik ruhida birlashtirib, umumxalq hasharlarining uyushqoqlik bilan oʻtkazilishida faol boʻlishingizni soʻraymiz.
Unutmaylik, obod mahalla – bu faqatgina toza koʻcha yoki chiroyli uy emas. Bu – oʻzaro hurmat, hamjihatlik, mehr-shafqat va fuqarolik masʼuliyati qaror topgan hayot maskanidir.
Mehnatkash va bagʻrikeng xalqimiz ushbu ezgu tashabbusni keng qoʻllab-quvvatlaydi, deb ishonamiz. Barchamiz bir tan-u bir jon boʻlib harakat qilsak, yashab turgan hududlarimizni yanada goʻzal, obod va namunali maskanlarga aylantiramiz.
Keling, Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik ulugʻ bayramini toza va obod mahallalar, koʻkalamzor koʻchalar, totuvlik va hamjihatlik muhiti bilan munosib kutib olaylik.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz ahil va farovon boʻlsin!
Hurmat bilan,
Jaqsiliq Baynazarov
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi
Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻi

Slide 1 of 1