️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari N. Fatullayeva, I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodovlar hamkorligida "Zarafshon" mahallasida bo‘lib, elektr simyog‘ochlari bilan bog‘liq mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.
⚡️O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas'ul tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi hamda masala ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.