"Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova deputat sifatida 1-Navro‘z saylov okrugidagi "Yoshlik" mahallasida mahalla yettiligining faoliyati bilan tanishdi."
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi, deputat D.Safarova o‘zi saylangan 1-Navro‘z saylov okrugi hududidagi "Yoshlik" mahallasida bo‘lib, hududdagi yangi tizim — "mahalla yettiligi" faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida deputat mahallada aholi muammolarini hal etish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olish borasida "mahalla yettiligi" tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.