35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
25 yoshgacha bo‘lgan xodimlarni ishga qabul qilgan ish beruvchilar uchun muhim imkoniyat!
янв.21
Kengash raisi deputat sifatida “O‘zbekiston” mahallasidagi yo‘l harakati xavfsizligi muammolarini o‘rgandi
янв.21
Deputat nazorati: Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi “O'zbekiston” mahallasida deputat sifatida aholi murojaatlarini joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
DEPUTAT — XALQ ISHONCHI VA MANFAATLARINING HIMOYACHISI
янв.21
Deputat kim va u nimalar bilan shug‘ullanadi?"
янв.21
Deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Davlat xaridlari – shaffoflik va samaradorlik kafolati
янв.21
Tuman Kengashi va "Madad" muassasasi: Aholiga huquqiy koʻmak berishda hamkorlik kuchaytirilmoqda.
янв.21
YOSHLAR — YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORLARI!
Qoziguzar mahallasida Izza arig‘i holati va hududni obodonlashtirish masalalari o‘rganildi

Qoziguzar mahallasida Izza arig‘i holati va hududni obodonlashtirish masalalari o‘rganildi

🗂 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-noyabrdagi 304-son "Respublika shaharlarida va tuman markazlarida kommunal drenaj tizimi ishlarini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan "15-Izza" saylov okrugi deputati Akbar Narziyev tomonidan Qoziguzar mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

💼 Mazkur o‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov hamda mahalla raisi Muxtabar Xasanova ishtirok etdi.

🕯 O‘rganish davomida Qoziguzar MFY hududidan oqib o‘tuvchi Izza arig‘i, xususan 3-tor Qoziguzar ko‘chasi hududidagi holat joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Aniqlanishicha, drenaj tizimi xodimlari tomonidan ariqni muntazam tozalash ishlari olib borilayotgan bo‘lsa-da, ayrim fuqarolarning atrof-muhitga mas’uliyatsiz munosabati oqibatida ariq turli maishiy chiqindilar bilan ifloslangan. Shuningdek, fuqarolar tomonidan mazkur ariqning qirg‘oqlarini zamonaviy talablar asosida betonlashtirish, hududda bolalar maydonchasi hamda mahalla aholisi uchun dam olish maskanini barpo etish takliflari bildirildi.

📝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarni amaliy hal etish maqsadida ariqni betonlashtirish hamda bolalar maydonchasini barpo etish masalalari yuzasidan Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatov nomiga deputatlik so‘rovi kiritilishi belgilandi.

Slide 1 of 5