Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
DEPUTAT VA XALQ MULOQOTI: “O‘ZBEKISTON” MFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI: “ERKINLIK” MAHALLASIDAGI SUV MUAMMOSI NAZORATGA OLINDI
янв.21
BAHORISTON MAHALLASIDAGI SUV MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
QONUN VA DEPUTAT FAOLIYATI
янв.21
XALQ BILAN MULOQOT: MUAMMOLAR Joyida O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA 24 TAVSIYA IJROSI AMALDA O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI KUN TARTIBIDAGI MASALA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHI: KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA SHAFFOFLIK DIQQAT MARKAZIDA
Hokim yordamchisi faoliyati tahlilda: "Kattabog‘" mahallasida deputatlik nazorati o‘tkazildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda Kengash deputati I.Tangirov o‘z saylov okrugiga qarashli “Kattabog‘” mahallasida bo‘ldilar.

⏺Tashrif davomida mahalladagi hokim yordamchisining bugungi kundagi ish faoliyati, belgilangan reja va vazifalarning ijrosi atroflicha tahlil qilindi.

💬 Xususan, quyidagi eng muhim yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi:

🟢Aholi bandligi: Mahallada ishsiz fuqarolar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish borasida ko‘rilayotgan choralar;

🟢Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash: Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida fuqarolarga ajratilayotgan imtiyozli kreditlar va subsidiyalarning maqsadli va samarali sarflanishi;

🟢Kambag‘allikni qisqartirish: Mahalladagi ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning xonadonbay sharoitlarini o‘rganish va ularni daromadli mehnatga jalb qilish orqali kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

💬 Kengash raisi D.Normuradova har bir ajratilayotgan kredit va subsidiyaning aniq natijadorligiga e’tibor qaratish, mahalla drayveridan kelib chiqib yangi tadbirkorlik subyektlarini ko‘paytirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan hokim yordamchisiga aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.