Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Tolto‘g‘ay” MFYdagi muammolar nazoratga olindi
янв.21
Deputat vakolatidan foydalandi: Tuman Kengashi deputati T.Ashurova mutasaddilarga so‘rov yubordi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi qonun hujjatlari
янв.21
EKSPERT GURUHINING TARKIBI QANDAY SHAKLLANTIRILADI?
янв.21
Kengash raisi yosh bilimdonlarni qutladi: Uzun tumanida fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi
янв.21
Kitobxon tuman – ma’rifatli kelajak poydevori!
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdilar
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda
янв.21
Kengashi nima va u nima bilan shug‘ullanadi?
янв.21
Deputat soʻrovi: Maktabda yangi sport zali qurilishi masalasi oʻrganilmoqda
Deputat mahallada Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligi — deputatlar nazoratida

 Kambag‘allikni qisqartirish
va aholi bandligi — deputatlar nazoratida
 

Xalq deputatlari tuman
Kengashi deputatlari va Kengash kotibiyati tomonidan joylarda hokim yordamchilari
tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan, aholini
kambag‘allikdan chiqarish va ularning daromad manbalarini kengaytirish
borasidagi tizimli chora-tadbirlar ijrosi izchil o‘rganilib borilmoqda.
 

Mazkur yo‘nalishdagi
navbatdagi nazorat tadbiri 14-Mingtepa saylov okrugidan saylangan deputat
(«Adolat» SDP deputatlik guruhi a’zosi) B. Abdurahmonov hamda Kengash
kotibiyati bosh mutaxassisi G. Xudoyqulova tomonidan mahallalarda joyiga
chiqqan holda amalga oshirildi.
 

Jarayonda hokim yordamchisi
tomonidan oxirgi bir oy ichida aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini
ta’minlash bo‘yicha quyidagi natijalarga erishilganligi ma’lum bo‘ldi:
 

8 nafar fuqaroga o‘z
tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish maqsadida jami 150
million so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishi ta’minlangan;
 

12 nafar fuqaro o‘zini o‘zi
band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilib, mustaqil daromad manbaiga ega
bo‘lgan;
 

2 nafar ishsiz fuqaro doimiy
ish joylariga joylashtirilgan;
 

Mahalladagi mavjud aholi
tomorqalari 100 foiz to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, ulardan samarali foydalanish
choralari ko‘rilgan.
 

Mahallabay ishlash tizimi
asosida aholi farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va har bir
oilaning tomorqadan unumli daromad olishini ta’minlashga qaratilgan bu kabi
nazorat tadbirlari Kengash deputatlari tomonidan davom ettiriladi.
 

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/  

Slide 1 of 1