Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
#96_qonun_nazorati
янв.21
Kelajak rahbarlari amaliyotda: Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tumandagi tashkilotlar faoliyati bilan tanishmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: YOSHLAR TARBIYASI VA XAVFSIZLIGI DIQQAT
янв.21
“Tolto‘g‘ay” MFYdagi muammolar nazoratga olindi
янв.21
Deputat vakolatidan foydalandi: Tuman Kengashi deputati T.Ashurova mutasaddilarga so‘rov yubordi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi qonun hujjatlari
янв.21
EKSPERT GURUHINING TARKIBI QANDAY SHAKLLANTIRILADI?
янв.21
Kengash raisi yosh bilimdonlarni qutladi: Uzun tumanida fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi
янв.21
Kitobxon tuman – ma’rifatli kelajak poydevori!
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdilar
Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, Yangi O‘zbekistonda xalq hokimiyatini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish hamda davlat boshqaruvida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini oshirish islohotlarning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. So‘nggi yillarda mahalliy Kengashlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini tashvishga solayotgan muammolarni hal etish bo‘yicha vakolatlari tobora kengayib bormoqda.

Mazkur Qonun bilan mahalliy vakillik organlari faoliyatida boshqaruvni tizimli tashkil etish va ijro hokimiyati ustidan parlament nazoratining hududiy shakllarini takomillashtirishga qaratilgan qator o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Xususan, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida Kengash raisi o‘rinbosari instituti joriy etilmoqda. E’tiborli jihati, ushbu lavozimdagi shaxs bir vaqtning o‘zida Kengash kotibiyati mudiri vakolatlarini ham amalga oshiradi. Unga kotibiyat xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod qilish vakolatining berilishi Kengash apparatining mahalliy ijro hokimiyatidan to‘liq mustaqil bo‘lishini ta’minlaydi.

Mahalliy Kengashlar faoliyatining uzluksizligini ta’minlash, sessiyalar oralig‘ida ishlarni samarali muvofiqlashtirish maqsadida Kengash Rayosati tashkil etilmoqda. Rayosat tarkibiga Kengash raisi, uning o‘rinbosari, doimiy komissiyalar raislari va siyosiy partiyalar guruhlari rahbarlari kiritilishi belgilanmoqda.

Ilk bor mahalliy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining deputatlar savollariga javoblarini eshitishga qaratilgan “Kengash soati” instituti joriy etilmoqda. Bunda deputatlar aholini qiynayotgan shoshilinch masalalar yuzasidan mutasaddilardan tezkor javob olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda ushbu masala Rayosatda ko‘rib chiqilishi va keyinchalik sessiyada tasdiqlanishi mumkin.

Senatorlar ta’kidlaganidek, mazkur Qonun mahalliy hokimiyat tizimida demokratik tiyib turish va muvozanat mexanizmlarini qaror toptirishda muhim huquqiy asos hisoblanadi.

Qonunning qabul qilinishi mahalliy Kengashlarning ijtimoiy mavqeini oshirishga, hududiy muammolarni hal etishda vakillik nazoratining ta’sirchanligini kuchaytirishga hamda davlat hokimiyati tizimida tiyib turish va muvozanat saqlash mexanizmini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Muhokama yakunida senatorlar Qonunni ma’qulladi.

Slide 1 of 6