Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
#96_qonun_nazorati
янв.21
Kelajak rahbarlari amaliyotda: Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tumandagi tashkilotlar faoliyati bilan tanishmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: YOSHLAR TARBIYASI VA XAVFSIZLIGI DIQQAT
янв.21
“Tolto‘g‘ay” MFYdagi muammolar nazoratga olindi
янв.21
Deputat vakolatidan foydalandi: Tuman Kengashi deputati T.Ashurova mutasaddilarga so‘rov yubordi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi qonun hujjatlari
янв.21
EKSPERT GURUHINING TARKIBI QANDAY SHAKLLANTIRILADI?
янв.21
Kengash raisi yosh bilimdonlarni qutladi: Uzun tumanida fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi
янв.21
Kitobxon tuman – ma’rifatli kelajak poydevori!
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdilar
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA BIR QATOR MASALALAR MUHOKAMA QILINDI.

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi kotibiyatida xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʼyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Mazkur muhim yigʼilishda mazkur doimiy komissiya raisi A.Qurbonov boshchiligidagi deputatlar, shuningdek, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Naimova va xodimlari, tumandagi masʼul korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Yigʻilish kun tartibida quyidagi masalalar:

  • Vobkent tumanida aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-amaliy va infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida;
  • Vobkent tumanida mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlarining ijrosi yuzasidan 2026-yil I chorak davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida;
  • Vobkent tumanida 2026 yil ichki yoʻllarni saqlash va joriy taʼmirlash ishlari boʻyicha shakllantirilgan dastlabki roʻyxatni tasdiqlash haqida;
  • Vobkent tumani byudjetining qoʻshimcha manbalarini aniqlash hamda ulardan foydalanishni tartibga solishni takomillashtirish  toʻgʻrisida;
  • Vobkent tumani mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi masalalar muhokama qilindi.

Muhokama etilgan masalalar yuzasidan tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi, tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, tuman hokimligi obodonlashtirish boshqarmasi hamda tuman hokimligi masʼul vakillarining hisobot (axborot)lari tinglandi.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish oʻrinlarini yaratish hamda kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosini tumanda oʻz vaqtida taʼminlash yuzasidan tuman “Inson” ijtimoiy himoya markazining masʼul xodimlari tomonidan tumandagi mavjud 39 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari bilan hamkorlikda nogironligi boʻlgan fuqarolarning yashash turmush sharoitlari atroflicha oʻrganib chiqilib, natijada ijtimoiy reestrdagi I guruh nogironligi boʻlgan, mehnatga layoqatli aʼzosi boʻlmagan jami 7 ta oila xonadonlari aniqlanib, ularning uy-joylarini energotejamkor qilib taʼmirlash belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlangan “Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”ni Nizom talablari asosida tashkil etilgan ushbu jamgʻarma hisob-raqamida 2026-yil 1-yanvar holatida jami 877,7 mln.soʻm qoldiq mablagʻ mavjud boʻlib, joriy yilning I chorak mobaynida tumanda jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha undirilgan mablagʻlarning 10 foizi yaʼni 326,0 mln.soʻm boʻlgan mablagʻlar jamgʻarmaga kirim qilinib, mavjud 39 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarining maxsus hisob-raqamlariga qonunchilikda belgilangan tartibda oʻtkazib berilgan.

2026-yil I choragi davomida tumandagi mavjud boʻlgan mahalla fuqarolar yigʻinlarining taklif va buyurtmalariga asosan jami 321,8 mln.soʻm boʻlgan mablagʻlar “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga asosan belgilangan tartibda xarajat qilish uchun sarflangan.

Vobkent tumanida 2026-yil ichki yoʻllarni saqlash va joriy taʼmirlash ishlari boʻyicha shakllantirilgan dastlabki manzilli roʻyxat shakllantirildi. Bunda, loyihaviy quvvati boʻyicha yoʻlning harakat uzunligi 24 330,0 metr, yoʻlning taʼmirlanishi belgilangan qismining hajmi 87 385,0 metr2.

 Jami kapital qoʻyilmalar 4,4 mlrd.soʻm. 

 Qurilish- montaj ishlarining umumiy qiymati 4,2 mlrd.soʻm.

Shu jumladan:

-Asfalt-beton qoplamali yoʻlni qisman (paydo boʻlgan chuqurcha va yoʻl buzilishlarni kartasimon usulda joriy) taʼmirlash 1,8 mlrd.soʻm.

-Tuproq yoʻllarni shagʻallashtirish 2,4 mlrd.soʻm.

-Boshqa xarajatlar 127,9 mln.soʻmni tashkil etadi.

Yigʻilish yakunida doimiy komissiya aʼzolari tomonidan barcha masalalar atroflicha koʻrib chiqilib, tegishli qaror loyihalarini Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 11