Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
#96_qonun_nazorati
янв.21
Kelajak rahbarlari amaliyotda: Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tumandagi tashkilotlar faoliyati bilan tanishmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: YOSHLAR TARBIYASI VA XAVFSIZLIGI DIQQAT
янв.21
“Tolto‘g‘ay” MFYdagi muammolar nazoratga olindi
янв.21
Deputat vakolatidan foydalandi: Tuman Kengashi deputati T.Ashurova mutasaddilarga so‘rov yubordi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi qonun hujjatlari
янв.21
EKSPERT GURUHINING TARKIBI QANDAY SHAKLLANTIRILADI?
янв.21
Kengash raisi yosh bilimdonlarni qutladi: Uzun tumanida fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi
янв.21
Kitobxon tuman – ma’rifatli kelajak poydevori!
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdilar
Joriy yilning 13–14-aprel kunlari Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi aʼzolari tomonidan Namangan viloyatining bir qancha tumanlarida ijtimoiy muammolarni o‘rganish ishlari amalga oshirildi

 Joriy
yilning 13–14-aprel kunlari Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati
institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish
bo‘yicha Parlament komissiyasi aʼzolari tomonidan Namangan viloyatining bir
qancha tumanlarida ijtimoiy muammolarni o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
🏛 

Ushbu
o‘rganishlar “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Farmon ijrosi doirasida tashkil etilgan. Komissiya aʼzosi
senator Odiljon Mamatkarimov hamda hududiy jamoat fondi xodimlaridan iborat
ishchi guruh tomonidan Uchqo‘rg‘on tumanida o‘rganishlar olib borilib,
hududlardagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar hamda
ijtimoiy sohadagi kamchiliklar chuqur tahlil qilindi.
📊 

O‘rganishlar
davomida aniqlangan muammolarni tizimli hal etish, fuqarolik jamiyati
institutlari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini
rag‘batlantirish hamda samarali loyihalarni davlat grantlari va davlat ijtimoiy
buyurtmalari orqali moliyalashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi turmush darajasini
oshirish, yoshlar va xotin-qizlar bandligini taʼminlash, atrof muhitni muhofaza
qilish kabi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan takliflar ishlab chiqildi. 🤝
 

O‘rganishlar
yakunlari bo‘yicha hududlardagi real ehtiyojlardan kelib chiqib, ijtimoiy
ahamiyati yuqori bo‘lgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni davlat
grantlari asosida moliyalashtirish hamda amaliyotga joriy etish yuzasidan
tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.
  

Slide 1 of 2