Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
#96_qonun_nazorati
янв.21
Kelajak rahbarlari amaliyotda: Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tumandagi tashkilotlar faoliyati bilan tanishmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: YOSHLAR TARBIYASI VA XAVFSIZLIGI DIQQAT
янв.21
“Tolto‘g‘ay” MFYdagi muammolar nazoratga olindi
янв.21
Deputat vakolatidan foydalandi: Tuman Kengashi deputati T.Ashurova mutasaddilarga so‘rov yubordi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi qonun hujjatlari
янв.21
EKSPERT GURUHINING TARKIBI QANDAY SHAKLLANTIRILADI?
янв.21
Kengash raisi yosh bilimdonlarni qutladi: Uzun tumanida fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi
янв.21
Kitobxon tuman – ma’rifatli kelajak poydevori!
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdilar
Mahalla raisi faoliyati o‘rganildi

#tavsiyalar_asosida_mahalla_raisi

Mahalla raisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov hamda kotibiyat mutaxassislari I. Ikromov va Z. Temirovalar Mirzo Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi faoliyati bilan joyiga chiqqan holda tanishdilar.

O‘rganish jarayonida mahallada aholi bilan ishlashning amaldagi holati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tartibi hamda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlarni aholiga yetkazish, ularning mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda ulardan samarali foydalanish holati tahlil qilindi.

Mas’ullar tomonidan mahalla raisi faoliyati yuzasidan aniq savollar berilib, amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud holat va natijadorlik bo‘yicha ma’lumotlar tinglandi. Tashrif davomida aholi bilan ishlashni yanada tizimli yo‘lga qo‘yish, imkoniyatlarni fuqarolarga yetkazish va ish samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 4