Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Kengash raisi Dilorom Safarova o‘quvchilar bilan uchrashdi:
янв.21
Deputat nazorati: "Ijtimoiy reestr"dagi fuqarolarning uy-joyi obod bo‘lmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi ekspert guruhi qarorlar ijrosini qat’iy nazoratga oldi
янв.21
Uzun tumanida yoshlar ovozi: Maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
15-may — Xalqaro oila kuni
янв.21
Uzun tumanida deputatlik nazorati: Fermer xo‘jaliklari faoliyati o‘rganilmoqda
янв.21
Sessiya jarayonlari ochiq va shaffof tarzda yoritildi
янв.21
Uzun tumanida gaz ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
Uzun tumanida mahalliy budjet daromadlari va infratuzilmani rivojlantirish masalalari tahlil qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibi: Uzun tumanida “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi mahallalar barpo etilmoqda
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat M.Kazakova “Xo‘jaobod” mahallasida bo‘lib, xotin-qizlar faoli faoliyatini o‘rgandi.

#24_ta_masala 

#Deputat_faoliyati 

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat M.Kazakova “Xo‘jaobod” mahallasida bo‘lib, xotin-qizlar faoli faoliyatini o‘rgandi.

Mahallaning xotin-qizlar faoli F. Ergasheva tomonidan 1475 nafar xotin-qiz mavjudligi, shundan 85 nafari ehtiyojmand va ish bilan band bo‘lmagan ayollar ekanligi ma’lum qilindi. Ushbu toifadagi xotin-qizlardan 36 nafari kasb-hunarga o‘qitish, 3 nafari imtiyozli kredit olish, 46 nafari esa tibbiy, psixologik va huquqiy yordam olish uchun “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi bo‘yicha manzilli ro‘yxatga kiritilgan.

Shuningdek, 2026-yil may oyi holatiga ko‘ra, mahallada 2 ta ajrim holati qayd etilgan bo‘lib, ajrim yoqasidagi oila yarashtirilib, bugungi kunda barqaror oilalar sifatida yashab kelayotgani ta’kidlandi.

Migratsiyada bo‘lgan xotin-qizlar soni 21 nafarni tashkil etib, ularning 12 nafari Turkiyada, 7 nafari Rossiyada, 1 nafari Koreyada, 2 nafari esa AQShda oila a’zolari bilan birga mehnat qilib kelayotgani bildirildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 2