Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat nazorati: "Ijtimoiy reestr"dagi fuqarolarning uy-joyi obod bo‘lmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi ekspert guruhi qarorlar ijrosini qat’iy nazoratga oldi
янв.21
Uzun tumanida yoshlar ovozi: Maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
15-may — Xalqaro oila kuni
янв.21
Uzun tumanida deputatlik nazorati: Fermer xo‘jaliklari faoliyati o‘rganilmoqda
янв.21
Sessiya jarayonlari ochiq va shaffof tarzda yoritildi
янв.21
Uzun tumanida gaz ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
Uzun tumanida mahalliy budjet daromadlari va infratuzilmani rivojlantirish masalalari tahlil qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibi: Uzun tumanida “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi mahallalar barpo etilmoqda
янв.21
Sessiya kun tartibida tuman IIB boshlig‘ining 2026-yil I choragi davomida jamoat xavfsizligini ta’minlash holati bo‘yicha hisoboti tinglandi
SARBO‘STONDA SUMALAK SAYLI Tuman Kengashi deputatlari Feruzaxon Cho‘liyeva, Maxfirat Atoyeva, kotibiyat xodimi Gulruh Soliyevalar sayl mehmoni.
Farmon Qurbonov va Davron aya xonadoni Sarbo‘ston qishlog‘ida sumalak sayli o'tkazdi. 300 kg li dosh qozonda sumalak qaynadi. Sho'irlar va aholi qatnashdi, dasturxon bo'lib ketdi. Sayl ovozasi qo'shni mahallalarga keldi. Navro'z bayrami xalq orasida davom etayotgan.Cocoon AI Summary

Tuman Kengashi deputatlari Feruzaxon Cho‘liyeva, Maxfirat Atoyeva, kotibiyat xodimi Gulruh Soliyevalar sayl mehmoni bo'ldi.

Azizon mahallasining Sarbo‘ston qishlog‘idagi Halq maorifi a’lochisi, faxriy muallim Farmon Qurbonov va Davron aya Azimova xonadoni fayzga to‘ldi bugun. 

Qozonni to‘ldirib qaynagan sumalakning hidi, bahor nasimlari, Navro‘z quvonchlari bu oilaga qut, baraka, ilohiy saodat, quvonch olib kirdi. 7 farzand, 21 nevara, 5 evaraga bosh bo‘lgan Farmon muallim 6-muchalni, kenja o‘g‘illari, tadbirkor Zavqiddinning tug‘ilgan kuni, 3-muchali sabab, yaxshi niyatlar ila sumalak solindi. 300 kiloli dosh qozonda Faridaxon Cho‘lieva boshchiligida sumalak qaynaydi. 

Azizon mahallasi raisi Sadriddin Ismatov,, xotin-qizlar faoli Gulnoz Salimova, Qo‘rg‘on mahallasi xotin-qizlar faoli Umidaxon To‘xtayeva, Sarbo‘stonlik ayollarning vakillari shu yerda. 

Darvozadan kiraverishdan xonadonda fayz borligini ilg‘aysiz. Nevara-evaralar qarog‘ida shodlik barq uradi. Navro‘ziy kayfiyat hali Sarbo‘stonliklarni tark etmagan. 

Ustidagi tuproq--ko‘rpasini irg‘itgan anjiru, anorlar bahor havosidan simirib, mo‘l hosil va’da etayotibdi! 

Sumalak sayli uchun behudaga bu xonadon tanlanmagan. Farmon ota va Davron ayaning yetti farzandlari ham mahalla faxri. Hozir qariyalarning 7 nevaralari O‘zbekistondagi old universitetlarning a’lochi talabalari. 

Farmon muallim loyihasi asosida hovlida baland qilib qurilgan, kungurador so‘rida o‘tirib, pastda qaynayotgan sumalakni kuzatamiz. 

Shoira Maxfirat Atoyeva she’rxonlikni boshlab yuboradi. Sarbo‘stonliklar ortda qolisharmidi? Feruzaxon Cho‘liyeva, Sharofat Aslonova,Umriya Jo‘rayeva, Royila Tog‘ayevalar tojikcha muxammasu o‘lanlar ila bahru baytni davom ettiradi. 

armon muallimning nevarasi--Asliddin doirada sho‘x navolarni yangratganda raqs tushmagan qolmaydi... 

Kelinlar esa hozirgina pishirgan bahoriy taomlari-- ko‘k somsa, holvaytar, tuxumbarak, somsa, g‘o‘lingob, sharbatlar, bo‘g‘irsoq, patir,sho‘rva- kulchalarni dasturxonga tortadilar. 

Mehmonlar novbati bilan niyatlarini aytib, sumalak kovlaydi... 

 Sarbo‘ston qayta yashargandek, Qurbonovlar xonadonida omad, neklik, yaxshiliklar,baraka,iymon eshik qoqoyotgandek... 

  O‘yin, kulgu davom etadi. Qozonda esa ilohiy ne’mat--sumalak qaynayveradi. Sayl ovozasi ostona hatlab, qo‘shni mahallalar, tumangacha yetib keladi... 

  Navro‘z,sumalak sayllari bardavom bo‘lsin, azizonliklar!
 

Slide 1 of 1