Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Kengash doimiy komissiyasining vakolatlari
янв.21
Aholi farovonligi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish yo‘lida hamkorlik
янв.21
Kengash raisi Dilorom Safarova o‘quvchilar bilan uchrashdi:
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda
янв.21
Yangi yoʻl mahallasida xonadonbay oʻrganishlar olib borilmoqda
янв.21
Kengash raisi D.Safarova maktabda o‘tkazilgan "Uch avlod uchrashuvi"da ishtirok etdi
янв.21
O'tgan hafta davomida tuman Kengashi faoliyatida eng dolzarb axborotlar aks etgan haftalik dayjest
янв.21
Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida qo‘shma deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Kengash raisi Dilorom Safarova "Navro‘z" mahallasida fuqarolar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi Dilorom Safarova "Yoshlik" MFY fuqarolari bilan uchrashdi
KICHIK TOMORQADAN KATTA RIZQ YOHUD TOMORQA XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI

O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-681-sonli Qonuni ijrosini nazorat qilish hamda mazkur qonunning maqsad va vazifalarini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida, Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati D.Atayeva “Shodlik” mahallasida o‘rganish olib bordi. 

Deputat D.Atayeva o‘rganish davomida mahalla hududidagi uy tomorqasidan unumli foydalanib, ham oilasini sifatli mahsulot bilan ta’minlayotgan, ham qo‘shimcha daromad olayotgan namunali xonadonlar tajribasi bilan tanishdi. 

Xususan, tomorqada yetishtirilayotgan ekinlar turi, yerning unumdorligini oshirish usullari va mahsulot yetishtirishning o‘ziga xos sirlari yuzasidan xonadon egalari bilan muloqot o‘tkazildi. Deputat D.Atayeva tomorqa egalariga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, tomorqa xo‘jaligi egalarining huquq va majburiyatlari haqida batafsil tushunchalar berdi. 

Uchrashuv yakunida mahalla aholisiga har bir qarich yerdan oqilona foydalanish, zamonaviy issiqxonalar tashkil qilish va "bir marta emas, bir necha marta hosil olish" tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 1