Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
HAFTALIK DAYJEST: Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi faoliyati
янв.21
O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida deputalik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: "Obod-yurt" mahallasida yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlandi.
янв.21
Milliy tilimiz – millat ko‘zgusi: 14-sonli MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
JINOYATCHILIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ
янв.21
Navro‘z mahallasida "Kelajak soati": Deputatlar maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
“Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”
📊 Ishtixon tumanida yoshlar bilan ishlash holati muhokama qilindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida tumanda yoshlar bilan ishlash hamda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar holati ko‘rib chiqildi.

Sessiyada Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i O.Akbarovning hisobotı eshitildi.

Hisobotda qayd etilishicha, tumanda 62 ta mahallada jami 139 ming nafardan ortiq yoshlar istiqomat qiladi. O‘tkazilgan xatlovlar natijasida 72 mingdan ortiq yoshlar toifalarga ajratilib, ular bilan manzilli ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

🔹 “Og‘ir” toifadagi 778 nafar yoshlar bilan individual ishlanib, ularning 99,6 foizining bandligi ta’minlangan

🔹 4 427 nafar bitiruvchidan mehnat bozoriga kirgan 780 nafar yoshning 89,6 foizi ish bilan ta’minlangan

🔹 “Yoshlar daftari” orqali 912 nafar yoshlarga 1,5 mlrd so‘mdan ortiq yordam ko‘rsatilgan

🔹 Migratsiyadan qaytgan yoshlarning bandligi ta’minlangan

Shuningdek, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kreditlar ajratilib, yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

⚖️ Hisobotda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar ham tahlil qilinib, ayrim yo‘nalishlarda o‘sish kuzatilgani qayd etildi. Shu bilan birga, jinoyatchilikning oldini olish maqsadida mahallalarda manzilli ishlar olib borilgan.

🏆 Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi”da 100 mingdan ortiq yoshlar ishtirok etib, respublika bosqichida 3 ta medal qo‘lga kiritilgan.

📚 “Ibrat farzandlari”, “Qizlar akademiyasi”, “Ustoz AI” kabi loyihalar orqali minglab yoshlar ta’lim va zamonaviy kasblarga jalb etilgan.

Sessiyada yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

📝 Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli qaror qabul qilindi. 

Slide 1 of 3