Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
HAFTALIK DAYJEST: Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida deputalik so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: "Obod-yurt" mahallasida yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlandi.
янв.21
Milliy tilimiz – millat ko‘zgusi: 14-sonli MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
JINOYATCHILIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ
янв.21
Navro‘z mahallasida "Kelajak soati": Deputatlar maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
“Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani tajribasi asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita” hamda uning doirasida ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan kichik dasturda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tizimli o‘rganishlar olib borilmoqda.

Mazkur “Yo‘l xarita”ning 13-bandida nazarda tutilgan ehtiyojmand xotin-qizlarga davlat tomonidan maxsus jarrohlik amaliyotlarini tashkil etish masalasi yuzasidan tuman Kengashi deputatlari Karomat Karimova hamda Xusnara Berdiyarova tomonidan tuman hokimi o‘rinbosari Mexriniso Eshonxonova bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama qilinib, hozirgi kunga qadar 51 nafar fuqaro ro‘yxati shakllantirilgani hamda ular uchun maxsus jarrohlik amaliyotlarini bosqichma-bosqich tashkil etish rejalashtirilgani qayd etildi.

Shuningdek, mazkur jarayonni tizimli tashkil etish, ehtiyojmand fuqarolarni to‘liq qamrab olish hamda amaliyotlarni sifatli o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4