Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
HAFTALIK DAYJEST: Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida deputalik so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: "Obod-yurt" mahallasida yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlandi.
янв.21
Milliy tilimiz – millat ko‘zgusi: 14-sonli MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
JINOYATCHILIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ
янв.21
Navro‘z mahallasida "Kelajak soati": Deputatlar maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
“Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”
Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrdagi 741-son “Aholiga huquqiy axborotni yetkazish va yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etilib, 2019-yil 12-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Asosiy vazifalari:

• fuqarolarga huquqiy masalalar bo‘yicha shu jumladan, onlayn maslahatlar va tushuntirishlar berish yo‘li bilan birlamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatish;

• fuqarolarning huquqiy bilimlarini ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda oshirib borish ishlariga ko‘ngillilarni safarbar etish;

• fuqarolar tomonidan huquqiy maslahat berishga oid so‘rovlarni tahlil qilib borish, tahlil natijasiga ko‘ra huquqni qo‘llash amaliyoti va amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

• aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda innovatsion usullarni, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalarini tatbiq etishdan iborat.

• WWW.Advence.uz huquqiy axborot portaliga kirib “Madad” NNT orqali onlayn murojaat qoldirishingiz yoki joyiga borib uchrashishingiz mumkin. Mahallalarda “Deputat qabuli”, “Sayyor qabul”larda tuman Adliya bo‘limi va “Madad” NNT mas’ullari ishtirokida aholining muammolariga huquqiy javob, tushuncha berish, masalani hal etish yuzasidan maslahat, amaliy yordam olish imkoniyatidan foydalanishingiz mumkin.

• “Madad” NNT O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda "Birlamchi bepul huquqiy maslahat" loyihasini amalga oshiradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash 
Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/ 
Slide 1 of 5