Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat so‘rovi amalda: G‘urros kanali yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ko‘chalar xavfsiz holatga keltirilmoqda!
янв.21
Xalq bilan muloqot: Deputat maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputat faoliyati: Mahalla "yettiligi" bilan muloqot va hamkorlik
янв.21
MUAMMO YECHIM TOPDI: “OQOSTONA” KO‘CHASIDA YANGI CHIRIOQLAR PORLAYDI!
янв.21
22-Fayzavo saylov okrugida fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Yangi yo‘l mahallasida bahor tarovati: Doshqozonda sumalak pishirildi
янв.21
Mahalla obodligi — yo‘l obodligidan boshlanadi
янв.21
Deputatlik va ijroiya nazorati: Uzun tumanida bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Uzun tumanida milliy qadriyatlar tarannumi: "Sumalak sayli"
Deputat faoliyati

 Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi 8-Uchtepa va Tinchlik saylov okrugi deputati To‘xtaqulov Umarali Akbaraliyevich o‘zining
haftalik ish rejasiga muvofiq Tinchlik MFYda amaliy o‘rganish ishlarini olib bordi. Ushbu jarayonda “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan yaqindan muloqot o‘tkazilib, aholi murojaatlari va mavjud muammolarni samarali hal etishdagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 

Uchrashuv davomida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar hamda ularga yechim topish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Deputat tomonidan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, aholi farovonligini oshirish va mahalla tizimi faoliyatini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi. 

Shuningdek, mazkur hududning 2 ta mahallalari ariqlariga suv kelishi qiyin bo’lgani sabab joyi borib o’rgandi, so‘ng maxsus texnika vositasida ariqlar tozalandi ushbu obodonlashtirish ishlarida deputat faol ishtirok etib, mahallaning yanada obod va ko‘rkam bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Bu kabi tashabbuslar aholi o‘rtasida birdamlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.  

Slide 1 of 7