Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat so‘rovi amalda: G‘urros kanali yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ko‘chalar xavfsiz holatga keltirilmoqda!
янв.21
Xalq bilan muloqot: Deputat maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputat faoliyati: Mahalla "yettiligi" bilan muloqot va hamkorlik
янв.21
MUAMMO YECHIM TOPDI: “OQOSTONA” KO‘CHASIDA YANGI CHIRIOQLAR PORLAYDI!
янв.21
22-Fayzavo saylov okrugida fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Yangi yo‘l mahallasida bahor tarovati: Doshqozonda sumalak pishirildi
янв.21
Mahalla obodligi — yo‘l obodligidan boshlanadi
янв.21
Deputatlik va ijroiya nazorati: Uzun tumanida bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Uzun tumanida milliy qadriyatlar tarannumi: "Sumalak sayli"
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tuman Kengashi deputati Umurzoq Yarlakabov yoshlar bilan ochiq va samimiy ruhda uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur muloqot davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish hamda mavjud imkoniyatlar haqida atroflicha fikr almashildi.

⏩Uchrashuv jarayonida yoshlar tomonidan ish bilan ta’minlash, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagi, kasb-hunar o‘rganish, kredit va subsidiya olish masalalari yuzasidan qator taklif va murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat deputat tomonidan diqqat bilan tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

⏩Shuningdek, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda kelgusida doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuv ochiq va konstruktiv ruhda o‘tib, yoshlar uchun foydali tavsiya va yo‘nalishlarga boy bo‘ldi.

Slide 1 of 3