Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat so‘rovi amalda: G‘urros kanali yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ko‘chalar xavfsiz holatga keltirilmoqda!
янв.21
Xalq bilan muloqot: Deputat maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputat faoliyati: Mahalla "yettiligi" bilan muloqot va hamkorlik
янв.21
MUAMMO YECHIM TOPDI: “OQOSTONA” KO‘CHASIDA YANGI CHIRIOQLAR PORLAYDI!
янв.21
22-Fayzavo saylov okrugida fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Yangi yo‘l mahallasida bahor tarovati: Doshqozonda sumalak pishirildi
янв.21
Mahalla obodligi — yo‘l obodligidan boshlanadi
янв.21
Deputatlik va ijroiya nazorati: Uzun tumanida bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Uzun tumanida milliy qadriyatlar tarannumi: "Sumalak sayli"
Buxoro amiri Sayyid Abdulahadxon saroyida amalga oshirilayotgan restavratsiya ishlari joyiga chiqib batafsil o‘rganildi.

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari Sh.Isamutdinov, I. Jalilova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi I. Ikromov tomonidan

 Buxoro amiri Sayyid Abdulahadxon saroyida amalga oshirilayotgan restavratsiya ishlari joyiga chiqib batafsil o‘rganildi. Tashrif davomida tarixiy obidaning asl me’moriy qiyofasini saqlab qolish, restavratsiya ishlarining sifati, qurilish materiallarining talab darajasida qo‘llanilayotgani hamda ishlarning belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Ta’kidlash joizki, Sayyid Abdulahadxon hukmronligi davri Buxoro amirligida bunyodkorlik ishlari keng ko‘lamda olib borilgan davr sifatida tarixda muhrlangan. Aynan shu yillarda bir qator muhtasham saroylar qad rostlagan bo‘lib, ularning ayrimlari bugungi kunda ham o‘zining noyob me’moriy yechimlari bilan ajralib turadi hamda nafaqat O‘zbekiston, balki Rossiya va Qrim hududlarida ham uchraydi.

Jumladan, Buxoro amiri saroyi 1895–1898-yillarda Nikolay IIning Buxoroga tashrifi munosabati bilan barpo etilgan bo‘lib, mazkur inshoot Sharq va Yevropa me’morchilik an’analari uyg‘unlashgan noyob obidalardan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda ushbu tarixiy majmuada olib borilayotgan restavratsiya ishlari uning asl ko‘rinishini tiklash, boy tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylash hamda hududning turizm salohiyatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Mazkur jarayon ustidan doimiy nazorat o‘rnatilib, ishlarning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi ta’minlanmoqda.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

| Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) | Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) | Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) | Instagram (https://www.instagram.com/madadnnt_/)

Slide 1 of 9