Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
KORRUPSIYA — RIVOJLANIShGA TO‘SIQ!
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: G‘urros kanali yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ko‘chalar xavfsiz holatga keltirilmoqda!
янв.21
Xalq bilan muloqot: Deputat maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputat faoliyati: Mahalla "yettiligi" bilan muloqot va hamkorlik
янв.21
MUAMMO YECHIM TOPDI: “OQOSTONA” KO‘CHASIDA YANGI CHIRIOQLAR PORLAYDI!
янв.21
22-Fayzavo saylov okrugida fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Yangi yo‘l mahallasida bahor tarovati: Doshqozonda sumalak pishirildi
янв.21
Mahalla obodligi — yo‘l obodligidan boshlanadi
янв.21
Deputatlik va ijroiya nazorati: Uzun tumanida bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati E.Yunusov Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi vakillari bilan birgalikda hududdagi sanoat korxonalaridan biri – “Oltin vodiy metal mahsulotlari ishlab chiqarish” korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

 O‘rganish davomida korxonada olib borilayotgan ishlab chiqarish jarayonlari, yaratilgan ish o‘rinlari, mahsulot turlari hamda ishlab chiqarish quvvatlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Yoshlar maslahat guruhi vakillari tomonidan korxona faoliyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari bildirilib, ishlab chiqarish sohasiga qiziqish bildirayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Deputat E.Yunusov bunday o‘rganishlar yoshlarning ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishi, amaliy tajriba orttirishi hamda kelgusida ularning bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Slide 1 of 5