Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati M.Ergasheva hamda shahar hokimi o‘rinbosari D.Egamova hamkorligida shahardagi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilindi. 

Shuningdek, aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy, maishiy hamda infratuzilmaga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borilib, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda amaliy yordam ko‘rsatish muhim ekani ta’kidlandi.

Mazkur uchrashuv aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda hududdagi mavjud masalalarga yechim topishga xizmat qildi.

Slide 1 of 3