Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
KORRUPSIYA — RIVOJLANIShGA TO‘SIQ!
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: G‘urros kanali yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ko‘chalar xavfsiz holatga keltirilmoqda!
янв.21
Xalq bilan muloqot: Deputat maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputat faoliyati: Mahalla "yettiligi" bilan muloqot va hamkorlik
янв.21
MUAMMO YECHIM TOPDI: “OQOSTONA” KO‘CHASIDA YANGI CHIRIOQLAR PORLAYDI!
янв.21
22-Fayzavo saylov okrugida fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Yangi yo‘l mahallasida bahor tarovati: Doshqozonda sumalak pishirildi
янв.21
Mahalla obodligi — yo‘l obodligidan boshlanadi
янв.21
Deputatlik va ijroiya nazorati: Uzun tumanida bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
Deputat so‘rovi yuborildi

Mehnat, Temirxo‘ja va Bobur mahallalarida tozalik va obodonlashtirish ishlari yuzasidan olib borilgan monitoring davomida bir qator muhim holatlar aniqlandi.

Hududdagi maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari, tibbiyot maskanlari hamda boshqa ijtimoiy obyektlarda chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish tizimi o‘rganildi. Ayrim joylarda tozalik yaxshi yo‘lga qo‘yilgani quvonarli. Biroq, ba’zi hududlarda chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilmayotgani, to‘planib qolayotgan holatlar ham kuzatildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida “Toza hudud” DUKga deputatlik so‘rovi yuborildi. Unda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish tizimini takomillashtirish, nazoratni kuchaytirish hamda mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Hududlarimiz tozaligi – barchamizning umumiy mas’uliyatimiz. Bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1