Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
KORRUPSIYA — RIVOJLANIShGA TO‘SIQ!
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: G‘urros kanali yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ko‘chalar xavfsiz holatga keltirilmoqda!
янв.21
Xalq bilan muloqot: Deputat maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputat faoliyati: Mahalla "yettiligi" bilan muloqot va hamkorlik
янв.21
MUAMMO YECHIM TOPDI: “OQOSTONA” KO‘CHASIDA YANGI CHIRIOQLAR PORLAYDI!
янв.21
22-Fayzavo saylov okrugida fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Yangi yo‘l mahallasida bahor tarovati: Doshqozonda sumalak pishirildi
янв.21
Mahalla obodligi — yo‘l obodligidan boshlanadi
янв.21
Deputatlik va ijroiya nazorati: Uzun tumanida bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
Beruniy tuman Kengashi deputati Merjenay Durdibayeva tomonidan Maxtumquli OFYdagi 12-Oilaviy polilinikasida o‘rganishlar olib borildi.

 Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining xaftalik rejasida belgilangan fuqarolarni bepul dori vositalari bilan ta’minlash holatini o‘rganish hamda mavjud muammolarni aniqlash vazifasi doirasida tuman Kengashi deputati Merjenay Durdibayeva tomonidan Maxtumquli OFYdagi 12-Oilaviy polilinikasida o‘rganishlar olib borildi. 

 O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 10-oktyabrdagi 41-son buyrug‘i talablariga muvofiq, oilaviy poliklinikalarda birlamchi tibbiy yordam va kafolatlangan paket asosida 90 turdagi, dori vositalari mavjud bo‘lishi belgilanganligi qayd etildi. 

Hozirgi kunda birlamchi dori vositalari, shuningdek 28 turdagi dori vositalari elektron retsept orqali reimbursatsiya tizimi asosida quyidagi kasalliklarga chalingan bemorlarga bepul berib kelinayotgani ma’lum qilindi: 

⚫️yurak-qon tomir kasalliklari, 

⚫️bronxial astma, 

⚫️o‘pkaning surunkali obstruktiv
kasalligi, 

⚫️qandli diabet, zob 

⚫️kamqonlik, 

⚫️surunkali oshqozon yara
kasalliklari. 

Shuningdek, deputat tomonidan tibbiyot muassasalarida bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar davomida fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning murojaatlari va takliflari tinglandi.
 

Slide 1 of 4