Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputatlik va ijroiya nazorati: Uzun tumanida bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Uzun tumanida milliy qadriyatlar tarannumi: "Sumalak sayli"
янв.21
Yo‘l — farovonlik manzili: Uzun tumanida ichki yo‘llar nazoratda
янв.21
Xalq manfaati va qonun ustuvorligi: Uzun tumanida PQ-454-sonli qaror ijrosi amalda
янв.21
UZUN TUMANI DEPUTATLARI E’TIROF ETILDI
янв.21
XONADONBAY MULOQOT: DEPUTAT AHOLI BILAN YUZMA-YUZ
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMANI KENGASHINING HAFTALIK DAYJESTI 📊
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Uzun tumani deputatlar Kengashi hamkorligi
янв.21
MUROJAAT VA IJRO: KO‘CHA NOMLARI QAYTA KO‘RIB CHIQILMOQDA
янв.21
UZUN TUMANI KENGASHI: HAFTALIK DAYJEST (24-28-MART)
#nazorat #qaror #ijro

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 2026-yil fevral oyidagi (№VII-37-17-10-147-K/26 va №VII-37-11-10-147-K/26) qarorlari ijrosi shunchaki hisobot uchun emas, balki aholi farovonligi uchun xizmat qilishi shart!

Shu maqsadda, "Cho'lpon" mahallasida deputatlar va soha mas'ullari ishtirokida BSKlar faoliyati yuzasidan ochiq muloqot va o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida quyidagi mas’ullar ishtirok etishdi:

Deputatlar: Azamat Mavlonov va Fahriddin Matasimov;

Kengash kotibiyati: Kotibiyat mudiri Sevar Qodirova va bosh mutaxassis Muhriddin Begmatov;

Soha mutaxassislari: Shahar qurilish va uy-joy kommunal xo'jalik bo'limi mas'ullari;

Ijrochilar: Boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) rahbarlari va "Mahalla yettiligi".

Asosiy e’tibor qaratilgan nuqtalar:

🔹To‘lovlar qayerga sarflanmoqda? Aholi tomonidan amalga oshirilayotgan majburiy badal to‘lovlarining uylarni ta’mirlash va obodonlashtirishga yo‘naltirilishi;

🔹Sifat ko‘rsatkichi: Uylarning tom qismi, yerto‘la tizimlari va kirish yo‘laklaridagi ta’mirlash ishlarining amaldagi holati;

🔹Tezkorlik: Aholi murojaatlariga BSK dispetcherlik xizmati qanchalik tez va sifatli javob berayotgani.

⚠️ Tanqidiy yondashuv va qat'iy topshiriqlar

O‘rganish davomida ayrim uylarda ishlar o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi va sifat talab darajasida emasligi yuzasidan Boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlariga qat'iy e’tirozlar bildirildi.

"Aholi BSK xizmatidan rozi bo‘lishi kerak. Shartnomada belgilangan majburiyatlar bajarilmas ekan, bu bo‘yicha keskin choralar ko‘riladi," — deya ta’kidladi ishchi guruh a’zolari.

✔️Yakuniy xulosa

"Mahalla yettiligi" va shahar uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi mas’ullariga har bir uy bo‘yicha kamchiliklarni bartaraf etish uchun qisqa muddatli "Yo‘l xaritasi" tuzish topshirig‘i berildi.

Bizning maqsadimiz: Qog‘ozdagi raqamlar emas, aholi hayotidagi real o‘zgarishlar!

Slide 1 of 9