Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat nazorati: "Tashabbusli budjet" loyihasiga to‘siq bo‘layotgan muammolar o‘rganildi
янв.21
Uzun tumani mahalliy budjet mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida yo‘naltirish holati yuzasidan o‘rganish natijalari
янв.21
24_ta_masala
янв.21
Prezidentimizning PQ-383-sonli qarori ijrosi doirasida Uzun tumanidagi 11-sonli bog‘cha tubdan rekonstruksiya qilinmoqda.
янв.21
QONUN USTUVORLIGI — ISLOHOTLAR SAMARADORLIGINING GAROVIDIR
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining HAFTALIK DAYJESTI
янв.21
UZUN TUMANI KENGASHI: HAFTALIK DAYJEST.
янв.21
RASMIY OGOHLANTIRISH
янв.21
Infratuzilma rivoji — aholi farovonligi asosi: Deputat va "Mahalla yettiligi" hamkorlikda
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Abdusamad Bakiyev o'ziga biriktirilgan qonunlarning mazmun mohiyati haiqda aholi bilan yuzma-yuz muloqot va huquqiy targ‘ibot tadbirini olib bordi.
Bugun mamlakatimizda fuqarolarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mahallalardagi muammolarni manzilli hal etish tizimi yangi bosqichga chiqdi. Buning yaqqol ifodasini Angor tumanida amalga oshirilayotgan xayrli ishlar misolida ko‘rish mumkin.

Bugun mamlakatimizda fuqarolarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mahallalardagi muammolarni manzilli hal etish tizimi yangi bosqichga chiqdi. Buning yaqqol ifodasini Angor tumanida amalga oshirilayotgan xayrli ishlar misolida ko‘rish mumkin.2025-yil 10-sentabr kuni Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining VII-14-110-8-109-K/25-sonli qarori qabul qilingandi. Ushbu hujjat bilan 2025-yilning 2-mavsumida "Ochiq budjet" axborot portalida eng ko‘p ovoz to‘plab, g‘olib deb topilgan loyihalarning manzilli ro‘yxati tasdiqlangandi.   

 Mazkur qarorga muvofiq, "Guliston" mahallasi hududidan tuman markaziga kirib keluvchi yo‘lda tuman fasadini o‘rnatish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari uchun 1 500 000 000 (bir yarim milliard) so‘m mablag‘ ajratilgan.Bugun ushbu loyihaning ijro etilish jarayoni va qurilish ishlarining sifatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 1-Guliston saylov okrugi deputati Isoxon Bahromov hududda bo‘ldi. Qurilish ishlarining tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi o'rganildi.Ishlarning sifati va belgilangan muddatda yakunlanishi choralari ko'rilmoqdi.

Ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi deputat tomonidan ko‘zdan kechirildi."Bu loyiha nafaqat hududning ko‘rki, balki aholimiz uchun yaratilayotgan qulaylik va farovonlik ramzidir. Xalqning ovozi bilan g‘olib bo‘lgan har bir so‘m o‘z o‘rnida ishlatilishi shart" — deb ta'kidlandi o'rganish davomida.

Eslatib o‘tamiz, ushbu ishlar O‘zbekiston Respublikasiyasi Prezidentining PQ-5072-sonli hamda Oliy Majlis Senatining KQ-666-IV-sonli qarorlari bilan tasdiqlangan "Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom talablari asosida amalga oshirilmoqda.Bu kabi islohotlar tumanimiz qiyofasini tubdan o‘zgartirishga va aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1