Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI TUMAN TASHKILOTLARI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHDI
янв.21
Tuman Kengashi va "Madad" muassasasi: Aholiga huquqiy koʻmak berishda hamkorlik kuchaytiriladi.
янв.21
24 ta tavsiya amalda: Deputatlar yangi maktab qurilishi jarayonini ko‘zdan kechirdi
янв.21
"Beshkapa" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
“Xalqparvar” komissiyasi nazoratda: Uzun tumanida “Ochiq budjet” loyihalari ijrosi oʻrganilmoqda
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq manfaati yo‘lida: Fuqarolar qabuli va saylovchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 18-Oqostona saylov okrugidan saylangan deputat Azamjon Kamolov 2026-yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi.
янв.21
Uzun tumani Kengashi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari harbiy qismda oʻtkazilgan “Eng faol harbiy kitobxon” tanlovida ishtirok etishdi
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: "Ochiq budjet" loyihalari ijrosi o‘rganildi
O‘zbekiston O‘zLiDeP partiyasidan Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 22-sonli “Sharq-yulduzi” saylov okrugidan saylangan deputat Sharipova Dilbarjon Xudaybergenovna Tuproqqal’a mahallasida o‘z saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 O‘zbekiston O‘zLiDeP partiyasidan Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 22-sonli “Sharq-yulduzi” saylov okrugidan saylangan deputat Sharipova Dilbarjon Xudaybergenovna Tuproqqal’a mahallasida o‘z saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv davomida deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, doimiy ish o‘rinlarini yaratish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori hamda 2026-yil 21-fevraldagi Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kelgusi yillar uchun mo‘ljallangan dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi PQ-70-sonli qarorining
mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirish berildi.
 

Xususan, mazkur qarorlar asosida hududlarda yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, infratuzilmani yaxshilash hamda mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan va rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida saylovchilarga atroflicha ma’lumot berildi. Deputat ushbu hujjatlar orqali aholi farovonligini oshirish, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. 

Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan mahalla hududini obodonlashtirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, bandlik masalalari hamda ijtimoiy soha bilan bog‘liq bir
qator taklif va murojaatlar bildirildi. Deputat ushbu murojaatlarni atroflicha o‘rganib chiqib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.
  

Slide 1 of 2