Mahalla yettiligi hamda deputat uchrashuvi
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 10-Moʻgʻol saylov okrugidan saylangan deputat Uzoqboy Almanov 2026-yil 11-mart kuni mahalla yettiligi hamda aholi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Deputat bilan uchrashuvning maqsadi
Aholining muammolarini tinglash,mahalladagi infratuzilma (yo‘l, suv, elektr) masalalarini muhokama qilish,bandlik va tadbirkorlik bo‘yicha takliflar,yoshlar va xotin-qizlar masalalari,qonunlar haqida tushuntirishdir.Uchrashuv davomida deputat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar aholi turmush sharoitini yaxshilash mahallalarda obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish yoshlar bandligini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.Shuningdek aholini toza ichimlik suv masalasi keng muhokama qilindi.Hamda ushbu masala yuzasidan muttasaddi tashkilotlarga deputat so'rovi chiqarish belgilanib olindi.